Skip to content
R
reyes
digital marketing
Portfolio
+998 77 007 76 56
SMM

SMM Marketing

Obunachi yig'ish emas — ijtimoiy tarmoqni sotuv kanaliga aylantiramiz.

Ijtimoiy tarmoqda muvaffaqiyat like bilan o'lchanmaydi. 100 000 obunachisi bor, lekin oyiga 5 ta sotuv qiladigan akkauntlar juda ko'p. Muhimi — auditoriya sifati va kontentning sotuvga olib borish qobiliyati.

Biz kontentni voronkaga qarab quramiz: qiziqtiruvchi kontent qamrov beradi, ekspert kontent ishonch quradi, sotuvchi kontent esa harakatga chorlaydi. Target reklama esa faqat tayyor auditoriyani kuchaytiradi — pul shamolga sovurilmaydi.

Real natijalar
400M+
so'm — ijtimoiy tarmoqlar orqali sotuv natijasi
2-3x
lid narxining pasayishi — optimizatsiyadan keyin
3
platforma bir tizimda: Instagram, Telegram, Facebook

Bu holatlar sizga tanishmi?

Ko'pchilik biznes aynan shu nuqtada to'xtab qoladi.

Har kuni post chiqadi, lekin sotuv umuman sezilmaydi
Obunachi soni o'sadi, mijoz soni esa joyida qoladi
Target reklamaga pul ketadi, natija tushunarsiz
Direct'da savol ko'p, sotuv esa oz — javoblar tizimsiz
ROI

Biznesingizga nima beradi?

Bu xizmat sizning daromadingizga qanday ta'sir qiladi — aniq va o'lchanadigan qilib.

01

Ijtimoiy tarmoqdan real daromad

Kontent voronkaga bog'langanda, tomoshabin bosqichma-bosqich mijozga aylanadi. Mijozlarimiz ijtimoiy tarmoqlar orqali 400M+ so'mlik sotuvga chiqishgan.

02

Reklama byudjeti samarali sarflanadi

To'g'ri auditoriya segmentatsiyasi va kreativ testlash bilan lid narxi 2-3 barobar tushadi. Har bir kampaniya raqamlar bilan boshqariladi.

03

Brend tanilishi va ishonch

Doimiy sifatli kontent sizni sohada tanilgan o'yinchiga aylantiradi. Odam tanigan brendidan sotib olishga 3 barobar ko'proq moyil bo'ladi.

04

Sotuv bo'limiga issiq lidlar

Direct va kommentlar bo'yicha aniq skript va javob tizimi quramiz — savol bergan odam javobsiz qolmaydi va sotuvgacha yetib boradi.

Xizmat tarkibiga nimalar kiradi?

Auditoriya va raqobatchilar tahlili, brend pozitsiyalash
Oylik kontent-plan va rubrikalar tizimi
Professional kontent: foto, video, Reels, Stories, carousel dizayn
Akkaunt oformleniesi: bio, highlights, vizual stil
Target reklama: strategiya, kreativ, sozlash va kundalik boshqaruv
Community management: kommentlar, Direct, e'tirozlar bilan ishlash
Telegram kanal yuritish va obunachi yig'ish
Influencer va blogerlar bilan hamkorlik
Oylik hisobot: qamrov, obunachi, lid, lid narxi va ROI

Kimlar uchun mos?

B2C bizneslar: savdo, xizmat, restoran, go'zallik, ta'lim
Instagram va Telegram asosiy sotuv kanali bo'lgan kompaniyalar
Yangi brend yoki mahsulotni bozorga olib chiqayotganlar
Akkaunti bor, lekin sotuvga aylantira olmayotgan bizneslar
Bepul konsultatsiya olish
Process

Ish jarayoni

Har bir bosqichda siz nima bo'layotganini bilib turasiz.

01

Audit va strategiya

Mavjud akkauntlar, raqobatchilar va auditoriyani tahlil qilamiz. Pozitsiyalash va kontent yo'nalishini belgilaymiz.

02

Vizual va kontent tizimi

Brend stili, rubrikalar va birinchi oylik kontent-plan tayyorlanadi.

03

Ishga tushirish

Kontent chiqadi, target reklama boshlanadi, community bilan ishlash yo'lga qo'yiladi.

04

Optimizatsiya

Har hafta ko'rsatkichlarni tahlil qilamiz: ishlagan kreativlarni kuchaytiramiz, zaiflarini almashtiramiz.

FAQ

Ko'p beriladigan savollar

Kontent uchun material kim tayyorlaydi?+

Biz. Suratga olish jamoasi, dizayner va kopirayter — barchasi bizda. Sizdan faqat mahsulot va tasdiqlash kerak.

Reklama byudjeti xizmat narxiga kiradimi?+

Yo'q, reklama byudjeti alohida va to'g'ridan-to'g'ri platformaga to'lanadi. Biz uni boshqaramiz va har so'mi qayerga ketganini hisobotda ko'rsatamiz.

Birinchi natija qachon ko'rinadi?+

Target reklamadan lidlar 1-2 haftada keladi. Organik o'sish va brend ishonchi esa 2-3 oyda sezilarli bo'ladi.

Qaysi tarmoqda bo'lishim kerak?+

Hammasida emas. Auditli tahlildan keyin sizning mijozingiz qayerda ekanini aniqlaymiz va kuchni 1-2 ta asosiy platformaga yo'naltiramiz.

Loyihangizni muhokama qilamizmi?

Bepul konsultatsiya oling — biznesingizni tahlil qilib, aniq strategiya taklif qilamiz. 24 soat ichida javob beramiz.